2020 yil 26 fevral kuni “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsentlari B.B.Utepov va N.Q.Rajabovlar tomonidan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi 3-bosqich 309-guruh talabalarining institutda olgan nazariy bilimlarini mustaxkamlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fuqaro muxofazasi institutiga amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida amaliyotga olib bordilar. Fuqaro muxofazasi instituti tomonidan biriktirilgan xodim gurux talabalariga aloxida mashg‘ulotlar o‘tildi.
Talabalar institutda tashkil etilgan muzeyda bo‘ldilar va u yerdagi mavjud bo‘lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ekspozitsiya markazida talabalar binolarning zilzila bardoshligi xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va evakuatsiya xaqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va gurux talabalari simuliyasiya markazida yig‘ildilar va 8-9 ballik zilzila sodir bo‘lsa qanday xarakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirdilar. Fuqaro muxofazasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar talabalarga qiziqarli va esda qolarli bo‘ldi. “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi xodimlari va talabalar tomonidan Institut rahbariyatiga ham o‘z minnotdorchiligimizni bildiramiz.
TIQXMMI matbuot xizmati