E'tiborli inson - ogoh inson. U loqaydlik va beparvolikka yo‘l qo‘ymaydi. Xuddi shu mantiq va talabni nazarda tutgan holda ish yuritish maqsadga muvofiq. 1-2-3-4 -Talabalar turar joylarida XAVFSIZLIK TEXNIKASI MASALASIGA BEPARVOLIK, LOQAYDLIK VA E'TIBORSIZLIK qilmaslik to‘g‘risida fakultet dekan o‘rinbosarlari, TTJ direktori, pedagog-tarbiyachi, Talabalar turar joyi kengashi raisi bilan birgalikda talabalar turar joyi talabalariga tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga talabalarga oziq-ovqatdan zaharlanishning oldini olishning eng yaxshi usuli — ovqatlanish gigienasi qoidalariga, ovqatni to’g’ri saqlashga rioya qilishdir.
Ovqatning rangiga, hidiga va ta’miga e’tibor bering. Noxush chirigan hid, ta’mning nordonligi, tilning achishi sergak torttirishi kerak. Mahsulot sifati buzilganligi belgisi sifatida uning o’zgarishi, uning yuzasida shilliq hosil bo’lishi ham xizmat qilishi mumkin. Mog’or bilan qoplangan, buzilgan meva va sabzavotlarni, shishgan konserva bankalari, sut va sut mahsulotlari paketlarini afsuslanmasdan tashlab yuborish kerak.Temir qopqoq bilan «yopilgan» banka o’ziga xos ovoz bilan ochilishi kerak, bu uning germetik yopilganini ko’rsatadi.
Agar ovoz bo’lmasa, konservalarni iste’mol qilmaslik kerak. Sotib olayotganda, mahsulotning ishlab chiqarish muddati va yaroqlilik muddati, o’ramning yaxlitligini tekshirish kerak. Shuningdek, muzlatgichni muntazam ravishda ko’zdan kechirish lozim. Hurmatli talabalar barchangiz shu tartibga qattiy amal qilish kerakligini eslatib o‘tamiz.
TIQXMMI matbuot xizmati