Insonning qo‘li gul, agar u hafsala qilsa, qiziqsa, ne - ne kashfiyotlarga qodir va qobildir. Oilada pazanda bo‘lgan kelin doim arzanda bo‘ladi. Talaba qizlarimizning turli viloyatlardan ekani parhez taomlarni tayyorlashdagi mahorati orqali ham yaqqol sezildi. 2021-yil 1-iyun kuni 3 - Talabalar turar joyida "Parhez taomlar va salatlar" mavzusida 1-kurs talaba qizlarimiz o‘rtasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Bunda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi Zuxra Ismoilova YOshlar masalalari va ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.CHoriyev, institut matbuot kotibi R. Jumaniyozov boshchiligida bo‘lim boshliqlari dekan o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Bu tadbirda faol ishtirok etgan talaba qizlar o‘zlari yashagan joydagi tansiq taomlarni tayyorlanishi va ularning qanday kasalliklarga shifobaxsh ekani borasidagi dadil va o‘tkir mulohazalari hammaning havasini keltirdi.
Yil davomida doimiy tadbirlarga qatnashib kelgan qizlarga faxriy yorliklar va institutimiz talabalar turar joyida tashkil qilingan Tikuv to‘garagida qizlarimiz tomonidan tikilgan institut logotipi tushirilgan bejirim sumkalardan sovg‘a qilindi. SHu jumladan, barcha ishtirokchilarga ham sovg‘alar ulashildi.
Tarbiyachi pedagog A. Xaitova axboroti
ТИҚХММИ matbuot xizmati