Joriy yilning 30 - iyun kuni Institut xotin - qizlar maslahat kengashi raisi professor Zuxra Ismoilova boshchiligida, “SUV xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti xotin - qizlar kengashi raisi Ra'no Kodirova tomonidan "Ayolga etibor- kelajakka e'tibor" mavzusida onlayn ma'naviy- ma'rifiy tadbir o'tkazazildi. Tadbirni “SUV xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani dotsent Hakimov Rashid aka nozik xilqat vakillari bo'lmish ayollarmizga hurmat bilan Mamlakatimizda ayollarga bo'lgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlik haqida gapirib dono zukko oqila ayollarimiz haqidagi rivoyatlarni keltirib, ayollarumizga mustahkam sog'lik, oilaviy baxt, omadlar, yutug'lar, yuksalishlar tilab tadbirni ochib berdilar.
Shundan so'ng, Zuxra Ismoilova ayolni e'zozlash, unga ehtirom ko'rsatish o'zbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biri ekani to'g'risida gapirib, so'zni tadbir mehmoni Hududiy bo'limlar va ijodiy kengashlar bilan ishlash bo'limi bosh mutaxassisi O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoir Shodi Otamurodga berdilar. Shoirimiz ham ayollarga bag'ishlab yozgan she’rlaridan o'qib berdilar. Tadbir ishtirokchilarini savollariga javob berdi.
Qizg'in savol-javoblardan so'ng Zuxra Ismoilova o'quv yili davomida fakultet ayol professor- o'qituvchilari hamda talaba qizlar tomonidan bajarilgan ishlar, erishilgan yutug'larni hisobotini taqdimoti uchun so'zni fakultet xotin- qizlar kengashi raisi Ra'no Kodirovaga berdilar. Hisobot taqdimoti ko'rib, tinglandi. Hisobot yuzasidan savollarga javob berildi. Tadbirda ayol professor- o'qituvchilarimiz va talaba qizlarimiz ayollarga berilayotgan yuksak e'tibordan mamnun bo'lishdi, qalblari g'urur va iftixorga to'ldi .
TIQXMMI matbuot xizmati