Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti, Suv xo‘jaligida ekologiya xavfsizligi yo‘nalishi 306-guruh talabalari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “URMONINVEST”, “Green Future” bilan hamkorlikda “Summer field school 2020” o‘z ishini boshladi. 10 kunlik dala maktabi doirasida “Trails Building Work Shop”, “International planning and design” loyihalari amalga oshirildi hamda ishtirokchilar ekoturizm, o‘rmon turizmi, milliy bog‘lar barpo etish, sayohat marshrutlarini tashkil etish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan rekratsion maqsadlarda unumli foydalanish va turizm salohiyatini oshirish ko‘nikmalarini o‘zlashtirdilar. Loyiha yakunida ishtirokchilar xalqaro diplom va esdalik sovg‘alarga, ega bo‘ldilar. Dala maktabi barcha sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilgan holda tashkillashtirildi, ishtirokchilarning sog‘ligi doim nazorat ostida bo‘ldi va maxsus gigienik vositalar bilan ta’minlanib turildi.
TIQXMMI matbuot xizmati