Ikkita dolzarb mavzudagi onlayn konferensiya

Davr muammolari bo‘yicha islohot va tadbirlarning tashkil etilishi mohiyat e’tibori bilan ahamiyatga molik. Bunday yo‘sindagi tadbirlar sohaga oid muammolarning yechimiga imkon tug‘diradi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti xotin-qizlar kengashining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent Davlat Yuridik universiteti hamkorligida "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda gender tengligi" mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi.

2020 yil 30-sentyabr kuni soat 14:00 da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining ZOOM platformasida tashkil etilgan konferensiyaga TIQXMMI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabayevna moderatorlik qildi. Institutimizning birinchi prorektori Mirzayev Bahodir Suyunovich konferensiya ahamiyati va mohiyatiga daxldor mulohazalarini bildirish asnosida tadbirni ochib berdi. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, polkovnik Abdullaeva Umida Xazratovnaga so‘z berildi. U “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchilarni himoya qilish ishlarining samaradorligini oshirish” hamda “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi to‘g‘risida” o‘z mulohazalarini bildirdi.

Keyin “O‘zbekistonda gender tengligi va gender siyosati” mavzusida Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Dilfuza Abdullayeva ma’ruza qildi. Navbatdagi ma’ruza mavzusi “O‘zbekiston milliy qonunchiligida gender tenglik masalalari” deb nomlangan bo‘lib bu bo‘yicha Demokratiya va inson xuquqlari instituti direktori o‘rinbosari, yu.f.n. Birlashgan millatlar Tashkiloti gender tengligi buyicha xalqaro ekspertizasi mudiri Umarova Shoira Akbutayevna chiqish qildi. Shu asnoda konferensiya o‘z ishini yakunladi.

TIQXMMI matbuot xizmati