Muborakbod etamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimizdaa ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh professor o‘qituvchi va ziyolilar orden va medallar bilan taqdirlandilar. Ular orasida institutimizning "Qishloq xo‘jalik mashinalari" kafedrasining professori Shaumarova Muxaya ham borligidan shodmiz. Ustozni "Mehnat shuhrati" ordeni muborak bo‘lsin deya qutlaymiz!

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektorati, professor - o‘qituvchilari va jamoa tashkilotlari