TIQXMMI Buxoro fliali oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Nasibaxon Ibodova Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida oʻtkazilgan Amir Temur tavalludining 685-yilligi munosabati bilan “Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.
Dunyoning 14 davlatidan 20 dan ortiq olimlar ishtirok etgan anjumanda “Ibrohim Moʻminov talqinida Amir Temur shaxsiyati” mavzusidagi materiallari bilan maʼruza qilib, xorijiy olimlar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi va dramaturg Yunus Oʻgʻuz oʻz qalamiga mansub kitobini Nasibaxon Ibodovaga sovgʻa qildi.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati