Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori Oʻzbekistonda ham aholining sogʻligʻi, jismonan salomatligi, sogʻlom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini koʻrsatdi. Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shugʻullanish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, bir soʻz bilan aytganda, sogʻlom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning oʻzi taqozo etmoqda. Shu yechimni teran anglagan TIQXMMI Buxoro filiali direktori Shavkat Jaxonovich professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar o'rtasda har bir sport turi bo'yicha Direktor Kubogini o'tkazib kelmoqda.
Navbatdagi direktor kubogi mini-futbol bo'yicha bo'lib o'tdi. Turnirda 1-o'rinni Yer tuzish va yer kadastri kafedrasi, 2-o'rinni Suv xo'jaligini va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash, 3-o'rinni esa Suv xo'jaligi va melioratsiya va Qishloq xo'jaligida elektr ta'minoti kafedralari egallashdi. G'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati