Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta eʼtibor koʼrsatib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbusi aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan. Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, respublikamizda mavjud barcha oliy taʼlim muassasasida sport bilan shugʼullanishga shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 1 talabalar turar joyida yaratilgan sharoitdan unumli foydalanib, talaba-yoshlarimiz erta tongdan turib, badantariya mashqlari bajarishdi. Bu ertalabki badantarbiya mashqlarini talabalarimiz oʼzlari uchun anʼanaga aylantirishgan desak, ayni haqiqatni aytgan boʼlamiz. Bu sport mashqlari bugungi pandemiya sharoitida oʼzlarining sogʼliqlari uchun ham foydali deb oʼylaymiz.
TIQXMMI matbuot xizmati