Faxriy unvon muborak!

Ilm yo‘lida chekilgan zahmatning rahmati va samarasi bo‘lishi aniq. Pedagoglikni sharaf deb bilgan, umr yo‘lini shunga baxsh etgan fidoyi ustozlar qatorida Atajanov Adiljon Usenovichning o‘z o‘rni va rutbasi bor. Ular uzoq yillar o‘z ish faoliyati davrida izlanuvchanligi, o‘z vazifasiga sidqidil va mas’uliyat bilan yondoshishi hamda yangilikka intiluvchanligi bilan e’tiborga molik bo‘lgan ustozlardan. Adiljon Atajonov talabalarga bilim berishda turli samarali usullardan foydalanib keladi, shu asnoda shogirdlari ishonchini qozonadi.

Atajanov Adiljon Usenovich Turon Fanlar akademiyaining Faxriy Akademik unvoni bilan taqdirlandi. Akademiyaning ko‘krak nishoni va medal hamda hujjat guvohnomasini topshirish ham bizga sharaf. O‘qitish jarayonida xalqaro tajribalardan ham keng foydalanib, dars materiallarini boyitib borish unga xos. Bu esa, o‘qitish jarayonida o‘z samarasini berayotgani ham rost. U talabalarga bilim berishda o‘qitishning xalqaro tajribalarini qo‘llashga harakat qilib kelgan. Atajanov Adiljon jamoat ishlarida ham doimiy faolligi va tashkilotchiligi bilan ajralib turadi. U kamtarin, to‘g‘ri so‘z, rostgo‘y, ma’naviy yetuk va jamoadoshlariga nisbatan mehribon bo‘lganligi uchun ham jamoa o‘rtasida alohida hurmat e’tiborga ega. Unvon muborak, Adiljon!

 

TIQXMMI matbuot xizmati