2021-yil 2-aprel kuni Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi tashabbusi bilan Xitoy Xalq Respublikasi yetakchi olimlaridan biri Li Guo Dong va O‘zbekistonlik yosh olimlardan Mahmudov Bekzodbeklar tomonidan “Xitoy paxtachiligi, suv tejovchi texnologiyalar va Smart sistemasi” mavzusida muammoli ma’ruza o‘tkazildi.
Ushbu ma’ruzada Xitoyning hozirgi qishloq xo‘jaligiga oid malumotlar xususan paxtani yetishtirish bilan bog‘liq eng so‘ngi texnologiyalar yordamida 50-90 sentnergacha paxta xosildorligiga yerishmoqda va o‘zlarining tajribalarini O‘zbekistonda qo‘llash bilan “Tiancheng” kompaniyasi faoliyatini yuritmoqdalar.
“Tiancheng” kompaniyasi Sirdaryodagi 140 gektar maydonda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan dalalarda o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha GMTF kafedrasi hamkorligida kelishuvga erishildi. Ma’ruza qizg‘in bahs-munozaralarga va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Talabalarimiz soha mutaxassisligi bo‘yicha so‘ngi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va bunday ma’ruzalar tez-tez tashkil etilishi tashabbusi bilan chiqishdi.
GMTF kafedrasi stajyor o‘qituvchisi M.Rustamova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati