Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda har bir mahallaga “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik shiori ostida” sportning mini-fudbol bo‘yicha turnir tashkillashtirildi.
Turnirda Katta Qorasuv, Ahmad Yugnakiy, Mirzakalon Ismoiliy, Navnihol mahallarining uyushmagan yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida mini-futbol musobaqasida g‘olib bo‘lgan jamoalar taqdilandilar. Ushbu sport tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular orasidan bo‘lg‘usi respublika va xalqaro chempionatlari g‘oliblarini tayyorlash, sport orqali yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdan iboratdir.
“Qishloq va suv xo‘jaligi
yenergiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev
TIQXMMI matbuot xizmati