Bolalar istiqbol, orzular olami. Ularga e’tibor kelajagimizga daxldor masala. Dunyoda ularning quvnoq kulgusi, sho‘x shodon ovozlari dillarni yayratadi. Ularning taqdiri millatning taqdiri, iqbolimizning nishonasidir. Qo‘shiq va raqs orqali ham yoshlarning iste’dodi namoyon bo‘ladi. Ularning qiziqish olami, mahorati aks etadi. Bu bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlardan ko‘zlangan maqsad ham ulug‘ ishlarga qobil avlodning iqtidorini sinovdan o‘tkazishdir. Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 1-iyun “”Xalqaro bolalarni himoya qilish“ kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida tashkil qilingan Tanlov g‘oliblari taqdirlandilar. Ovoz berish natijalariga ko‘ra tanlovning raqs turi bo‘yicha:
1-o‘rin. Boburjonova Sevara. Hayot faoliyati xavfsizligi dotsenti, Mirxasilova Zulfiya Kochkarovnaning nabirasi. - 370 ta ovoz to‘plagan.
2-o‘rin. Nurboboev Amriddin Ramziddin o‘g‘li. “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan muovini Eshova Xurriyat Xurramovnaning farzandi - 255 ta ovoz to‘plagan.
3-o‘rin. Valijonova Mushtariybegim. "Professional ta’lim va jismoniy madaniyat" kafedrasi o‘qituvchisi Mahmudov Vohid akaning qizlari - 219 ta ovoz to‘plagan.
Tanlovning qo‘shiq aytish turi bo‘yicha:
1-o‘rin. Xasanbek va Zuxrabonu Komiljonovlar. Institut madaniyat saroyi direktori Jamshid Komiljonovningfarzandlari - 282 ta ovoz to‘plagan.
2-o‘rin. Valijonov Musobek. "Professional ta’lim va jismoniy madaniyat" kafedrasi o‘qituvchisi Vohid Mahmudovning o‘g‘illari - 220 ta ovoz to‘plagan. Biz g‘oliblarga yorqin istiqbol va hayotiy faoliyatlarida doimo muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.
TIQXMMI matbuot xizmati