2020 yil 27 avgust kuni TIQXMMI Qarshi filiali direktori Z. Muqimov bugungi pandemiya sharoitida talabalarning sog‘ligi va ijtimoiy ahvolidan xabardor bo‘lish, ularga 2020/2021 o‘quv yili ta’lim jarayoni bilan bog‘liq yangiliklarni yetkazish maqsadida “Yangi o‘quv yili – yangicha yondashuvlar, yangicha imkoniyatlar yili” shiori ostida 2 - kurs talabalari bilan “Direktor va talaba yoshlar” onlayn uchrashuvi yo‘lga qo‘yildi. Direktor talabalarga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanib o‘z ustlarida ishlashlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borishlari hamda tashabbuskor g‘oyalarni ustozlari bilan onlayn o‘rtoqlashishlarini aytib o‘tdi.
Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va takliflari bilan filial rahbariga bevosita murojaat etdilar. Direktor esa barcha savollarga javob bergan holda muloqot yakunida ularning o‘qishlariga omadlar tilab qoldi. Eslatib o‘tamiz, bunday uchrashuv belgilangan jadval asosida fakultetning barcha talabalari bilan bo‘lib o‘tadi.
TIQXMMI matbuot xizmati