Nе’matlarni asrashga o‘rganaylik!

Bugun yurtimizda kechayotgan shiddatli islohotlar natijasida yoshlarning bilim olishlari, har tomonlama yetuk bo‘lib tarbiya topishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan institutimizning Gidromelioratsiya fakulteti talabalari uchun ajratilgan 4-talabalar turar joyi ham zamonaviy talablar asosida kapital tamirlanib foydalanishga topshirildi. 

2019-2020 oquv yili boshlanishi bilan fakultet talabalarining har tomonlama qulay bolgan shinam turar joylariga ega bo'lganliklari ular uchun katta tuhfa bo'lgan bo'lsa ajab emas. Ammo o'z navbatida yoshlarga bo'lgan bunday e’tiborga nisbatan ular tomonidan qanday munosabatda bo'lishlari ham muhim hisoblanadi. Talabalar bunga javoban, yaxshi o'qishlari, jamoat ishlarida faolliklari bilan birgalikda jamoat mulki bo'lgan turar joy inventarlari, jihozlari, mebellari va boshqa moddiy boyliklariga zarar yetkazmasdan avaylab-asrashlari lozim.
Bu borada talabalar bilan suhbatlashish, fikrlarini bilish va maslahatlar berish maqsadida Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti Adham Mamataliev va o'qituvchi Javlon Ishchanovlar 4-TTJga tashrif  buyurib, talabalar bilan uchrashdilar.  

Tadbir davomida yurtimizda talaba-yoshlar uchun katta imkoniyat eshiklari ochilayotganligi va bundan samarli foydalanish kerakligi to'g'risida fikrlar, ham ustozlar, ham talabalar tomonidan aytib o'tildi. Shu bilan birgalikda talabalar yangi turar joyning sharoit va imkoniyatlaridan juda ham mamnun ekanliklarini va buning uchun institut rahbariyatidan minnatdor ekanliklarini ma’lum qildilar. Uchrashuvda yaratilayotgan barcha ne’matlarni ko'z qorachigidek asrab-avaylash, ularning qadriga yetish, shu aziz va muqaddas Vatanga munosib bo'lish eng asosiy burchimiz deb hisoblaymiz degan fikrlar ilgari surildi. 

Dotsent Adham Mamataliyev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov