“Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonun borasida davra suhbati

“Oliy matematika”kafedrasi professor-oʼqituvchilari ishtirokida 2020 - yil 3 - noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi OʼRQ-637-son Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targʼib etish maqsadida davra suhbati oʼtkazildi. Institutimizning Oʼquv ishlari boʼyicha prorektori B.А.Xudayarov tadbirni kirish soʼzi bilan ochib berdi va oʼz soʼzlarida Oʼzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi OʼRQ-637-son Qonunining mazmun-mohiyati, taʼlim-tarbiya masalalari, talabalarni oʼz sohasining yetuk mutaxassisi boʼlib shakllanishi, taʼlim sifatini yanada oshirish masalalariga, taʼlim tizimi, turlari va shakllariga alohida eʼtibor qaratdi. Shuningdek, faqat tadbir uchun taklif etilgan va soʼz berilgan kafedramizning yoshi ulugʼ ustozlari ham Oʼzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi OʼRQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyatini ochib berishda taʼlim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish, taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik haqida muzokaralar olib borildi. Davra suhbati matematiklar jamoasi oʼrtasida juda qizgʼin ruhda oʼtdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati