Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 2-dekabrdagi “Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifati va oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qoʼllab-quvvatlash uchun respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalariga biriktirilgan maktablar toʼgʼrisidagi 87-08-664 –sonli xatida koʼrsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, maktablarda oʼquv jarayoni va oʼquv uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish yuzasidan “Umumtaʼlim muassasalari yosh pedagog kadrlari uchun taʼlim jarayoniga ilgʼor pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”boʼyicha “Professional taʼlim va jismoniy madaniyat” kafedra qoshida faoliyat koʼrsatayotgan “Pedagogik mahorat maktabi”kursiga jalb etildi. Institutimiz tomonidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati halq taʼlimi boʼlimlari tomonidan ikki tomonlama hamkorlik MEMORАNDUM i imzolangan. Bu borada biriktirilgan 10 ta Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 12,58,150,271 va 274 - maktablar va Toshkent viloyati Oʼrta Chirchiq tumanidagi 41,51,55,56 va 64-maktablardan 5 nafardan 50 nafar yosh oʼqituvchilar onlayn asosida oʼz malakalarini oshirishmoqda.
Malaka oshirish jarayoniga institutning salohiyatli professor - oʼqituvchilari: professor Z. Ismailova, professr v.b. Ximmataliev, pedagogika fanlari doktori R. Choriev, dotsent R. Jumaniyazov, dotsent M. Xoshimova, dotsent v.b. D. Muqumova, katta oʼqituvchi p.f.n. D. Mustafaevalar jalb qilingan. Ular tomonidan ZOOM platformasi asosida “Hozirgi zamon oʼqituvchilariga qoʼyilgan talablar”, ”Oʼqituvchining innovatsion faoliyati”, “Darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi”, “Oʼqituvchining nutq madaniyati, kommunikativ kompetentligi”, “Fanlar boʼyicha Ochiq darslarni tashkil etish metodikasi”, “Oʼqituvchilarning pedagogik kompetentligi” kabi mavzularda maʼruza darslarini olib bormoqdalar. Bilamizki, bunday hamkorlik natijalari ertangi kun yosh oʼqituvchilarga kelgusidagi pedagogik faoliyatlari uchun dasturamal boʼladi.
TIQXMMI matbuot xizmati