O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Tohir Malik qalamiga mansub Olimjon Salimov rejissyorligida sahnalashtirilgan “Zaharli tomchilar” spektaklida GIM fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Asarda bugungi globallashuv davrida yaratilayotgan imkoniyatlarni o‘z dunyoqarashi bilan salbiy o‘zlashtiruvchi yosh o‘quvchilar hayoti aks ettirilgan. Adashib, hoyi havasga berilish, boqimandalik kayfiyatidagi asar qahramonlari nashavandlikka ruju qo‘yishadi va razolat botqog‘iga g‘arq bo‘ladi.
Teatrga tashrif buyurgan talaba yoshlar asar qahramonlari hayotiga o‘xshash hayotiy voqealarga duch kelishgani, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rishganini ta’kidlashdi. Spektakl tomoshasidan so‘ng o‘zlariga kerakli xulosani chiqarib olishganini aytishdi. ”Teatr bu ibratxonadir” so‘zlari naqadar rost so‘zlangani bugungi tomosha misolida yana isbotlanmoqda. Zero giyohvandlik eng yomon illat ekanligini yoshlarimizga hayotiy misollar orqali ayniqsa, sahna orqali yetkazish profilaktikaning eng samarali uslulidir.
GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati