Is gazi va botulizmdan himoyalanish

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetida “Hayot faoliyati xavsizligi” kafedrasi dotsenti N. Saidxo‘jaeva tomonidan “Is gazi va botulizm” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil bo‘ladi. Bolalarni gaz uskunalaridan foydalaniluvchi joylarda nazoratsiz qoldirish mumkin emas.

“QSXET” fakultetining  Yoshlar

 bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev axboroti

TIQXMMI  matbuot  xizmati