Talaba-yoshlarning saylovdagi faolligi

Talaba yoshlarning puxta bilim olishga bo‘lgan intilishi, mustaqil fikr va qat’iy pozitsiyaga ega ekanidan qanchalik quvonsak, ularda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, siyosiy hamda huquqiy madaniyat yuksakligidan shunchalik faxr hissini tuyamiz. Shunday ekan yurtimiz hayotidagi muhim voqea bo‘lgan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida yigit-qizlarimizning bu siyosiy jarayonning mohiyati va ahamiyatini teran anglab yetishi dolzarbligi har birimiz uchun ma’suliyat va alohida burch kasb etadi. Shu munosabot bilan 4-oktyabr 2021 yil kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultet YoBIB dekan muovini K.Usmonov 3-TTJ da fakultet talaba yoshlar bilan uchrashib saylov to‘g‘risida tushinchalar berib o‘tdi.

 

Saylov bu - mamlakatimiz hayotidagi ulkan siyosiy voqea, vatanimiz ravnaqi, taraqqiyoti, barchamizning ertangi kunimiz ayni mana shu bilan bevosita bog‘ligi, mamlakatimizda yoshlarga qancha imkoniyatlar yaratib berilayotgangi, o‘qishimiz, kasb-hunar egallashimiz, hayotda o‘z o‘rnimizni topishimiz uchun keng sharoitlar mavjudligi, bu esa yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatining izchil davom etishi, yanada samarador bo‘lishi Prezident sayloviga chambarchas bog‘liq ekanligini to‘g‘risida tushinchalar berib o‘tdi. Talaba yoshlar  saylovda faol qatnashish hamda Vatanimiz kelajagi, orzu-umidlari ro‘yobi uchun ovoz berishga va’da berishdi.

 

                                      YОBIB dekan muovini  K.Usmonov

                              TIQXMMI matbuot xizmati