O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni va «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda qarorda belgilangan talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida, talaba va o‘quvchilar turizmini rivojlantirish, yosh avlodni mamlakatimizning tarixiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashriflarini uyushtirish kabi ko‘rsatmalarni amalga oshirish maqsadida 3.11.2019 yilda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi assistenti Jonqobilov Sobirjon Ulug‘murodovich murabbiylik guruhi SXM yo‘nalishi 102-guruh talabalari bilan birgalikda muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.
Ushbu ziyoratdan asosiy maqsad talabalarning ma’naviyat, tarix, san’at sohasida hamda milliy qadriyatlar va an’analar, madaniy merosimiz to‘g‘risidagi bilimlarini boyitish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning tarixiy-ma’naviy merosimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmatini yanada oshirish ma’lum darajada xizmat qiladi. Talabalar mazkur ziyoratdan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan qiziqarli va boy ma’lumotlarga ega bo‘lib, zo‘r taassurotlar bilan qaytdilar.
Institut matbuot xizmati rahbari r.jumaniyozov