Konstitutsiya – baxt qomusi

    Konstitutsiya qomusiy hujjat sifatida davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. U davlat tuzilishi, uning boshqaruv shakli, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlari, shaxsning huquqi, erkinligi va burchlarini belgilab beradi. Bu yil 8-dekabrda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 28 yil toʼladi. “Gidromelioratsiya” fakultetining 4-talabalar turar joyida talaba-yoshlarga “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda fakultetning “Gidravlika va gidroinformatika” kafedra mudiri А.Аrifjonov, “Gidrologiya va gidrogeologiya”kafedrasi dotsenti F. Gapparov va “Ekologiya va suv resurslanini boshqarish” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi X.Nazarov hamda professor-oʼqituvchilar ishtirok etdi.

Shu bilan birga, Konstitutsiyada xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni boy madaniy va maʼnaviy merosimizni asrab-avaylashga oʼrgatish bilan bogʼliq masalalar ham oʼz ifodasini topgan. Jumladan, Oʼzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini asrab-avaylashga majburligi toʼgʼrisidagi meʼyor shu yurt fuqarolarining asosiy burchlaridan biri sifatida belgilangan. Davra suhbati yakunida yoshlarimiz bilan boʼlayotgan uchrashuvlarda Konstitutsiyamizdagi normalarni keng tushuntirishlari maqsadga muvofiqligi aytib oʼtildi.


 
TIQXMMI matbuot xizmati