Har bir xodimlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ham talaba-yoshlar bilan bir qatorda professor - oʼqituvchi va xodimlarimiz ham haftaning bir kunini sport bilan shugʼullanish kuni deb belgilab olishgan. Joriy yilning 3-dekabr "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti professor - oʼqituvchi va xodimlari sportni Stol tennisi, Shashka-shaxmat turlari bilan shugʼullanishdi. Ushbu sport mashgʼulotlari bilan shugʼullanish barcha professor-oʼqituvchilarga yaxshi kayfiyat bagʼishladi. Fakultetimiz professor-oʼqituvchilari oʼzlari uchun haftaning payshanba kunini sport kuni deb belgilab olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati