“Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi E.Toshmatov rahbarligida jannatmakon yurtimizning Samarqand shahriga sayohat qilishdi. Yurtimizdagi boy tarix va madaniyatga ega shaharlar orasida Samarqandning alohida o‘rni bor. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri tarixiy obidalari bilan ajralib turadi. Institutimiz talabalari Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi va Shoxi Zinda majmuasida bo‘lib, mashhur me’moriy obidalar bilan tanishdilar.
Samarqandga tashrif buyuruvchi ko‘plab sayyohlar Go‘ri Amir maqbarasini jahonga mashhur va O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etadilar. Shoxi Zinda majmuasi Samarqandning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, sharq musulmonlarining muqaddas ziyoratgohlaridan biri hisoblanadi. Registon maydonidagi Sherdor va Tilla-Qori madrasalarining noyob binolari shahar go‘zalligiga ko‘rk qo‘shish bilan ajralib turadi. Bu va boshqa ko‘plab inshootlar jahon me’morchiligining noyob durdonalari tarixida munosib o‘rin egallaydi. Samarqand zaminiga qadam bosgan inson, avvalo, o‘zida ruhiy tetiklikni his etadi. Shaharning musaffo havosi va zilol suvi esa tasvirlab bo‘lmas quvvat bag‘ishlaydi.
Basharti, bu ta’rifu tavsiflar shunchaki emas, balki ularning zamirida ayni haqiqat yotibdi. Zero, ko‘hna Samarqand ne-ne avliyolar, buyuk allomalar va ulug‘ zotlar abadiy qo‘nim topgan muqaddas zamin hisoblanadi.Toshkent shahridan tashrif buyurib, ushbu muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish albatta insonga tetiklik va ruhiy zavq bag‘ishlaydi. Samarqandga qilgan safarimiz talabalarimizda unutilmas taassurot qoldirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati