Hamkorlik davom etadi

Institutimiz bitiruvchilari, Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hodimlari M.Baratov va A.Norov xalqaro hamkorlik doirasida 2020-yil Volga davlat texnologiyalar universitetiga grand asosida magistratura bosqichiga qabul qilinishgan edi. Covid-19 pandemiyasi tufayli 1-bosqichni masofadan o'qishdi.

Pandemiya holati yaxshilangani hisobga olinib 2- bosqichni an'anaviy shaklda davom ettirish uchun Rossiya Federatsiyasining Yoshkar-Ola shahriga yetib kelishdi. Universitet rahbariyatiga Institutimiz bilan olib borilayotgan hamkorlik yuzasidan samimiy minatdorchilik bildirib institut nomidan maxsus sovg'alarni topshirishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati