Xotira ertani  yorituvchi nur

Mamlakatimiz islohotlarida ham yoshlarimiz ongida madaniy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan birga nuroniylarni, millatimiz jonkuyarlarini e’zozlash, ularning holidan xabar olish va g’amxo’rlik ko’rsatish kabi go’yalarni singdirish еtakchi o’rindadir. Qalbida ma’naviy barkamollik, millatga hurmat tuyg’usi bor har bir inson millat tarixi, ma’naviy qadriyatlarini chuqur anglaydi va ajdodlarning millat va yurtning porloq kelajagi uchun ko’rsatgan jasoratlarining qadriga еtadi. Zero, tarixiy xotira bilan yashash, ajdodlarga ehtirom ko’rsatish insoniylik fazilatlari ichida eng ulug’idir.

7-aprel kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 1-kurs 110 - guruh talabalari va kuratri Begimova Maftuna boshchiligida Institutimizda joylashgan Abdulla Oripov muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog'ida ular vatanimizning ulug' farzandi qahramoni Abdulla Oripovning xalq oldida ko'rsatgan ijod sahifalaridan o'zlariga katta taassurot va shijoat olishdi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati