Keksalar doim ardoqda

Insonning o‘rni va ezgu xizmatlariga munosabat bevosita xotira va qadr tushunchasi bilan mohiyat kasb etadi. Bizning bugungi hayotimiz ota-bobolarimizning chekkan zahmatlari va tortgan iztiroblari badaliga ekanini unutmaslik kerak. Ular siymosida yuziga tushgan ajinlari, xiralashgan ko‘zlari, qo‘l-oyoq og‘riqlarida bizning bugungi hayotimizning tarixi bor.

9 - may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalsh muhandislari instituti Qarshi filiali jamoasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Samarqand MFY da istiqomat qilayotgan 1926-yilda tavallud topgan urush faxriysi Soatov Ro‘zi boboning holidan xabar olishdi. Soatov Ro‘zi bobo filial jamoasi va jamoatchilik vakillariga urush yillarida chekilgan zahmatlar va hozirgi kundagi tinchlikni qadriga etish to‘g‘risida gapirib berdilar.

 

TIQXMMI matbuot xizmati