Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, bu aziz ne’matni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, jamiyatda insonparvarlik, ahillik, o‘zaro totuvlik va hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash masalasiga ustuvor vazifa sifatida ahamiyat qaratib kelinmoqda. 1999 - yildan buyon mamlakatimizda 9 may –“Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanayotgani g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan ota-bobolarimizni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, urushda tinchlik uchun jon fido etgan hamyurtlarimiz xotirasini muqaddas bilishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Qutlug‘ ayyom arafasida “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti jamoasi Mirzo Ulug‘bek tumani “Oqibat” mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriylari Baxtivozina Naima Shakirovna, Itskovskiy Marlest Borisovich, Pulatova Sadiya Xusainovna va SHabat Xodjaevlarga institut rektorining sovg‘asi va tabrigi yetkazildi.
GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev
TIQXMMI matbuot xizmati