Hozirgi vaqtda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida, insonparvarlik, aholini har tamonlama qo‘llab-quvvatlash kabi ezgu maqsadlar barh urib turganini bugungi kunimizning o‘zi isbotlab turibdi. Har yili mamlakatimizda 9-may — Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib, ushbu kunlari ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylariga alohida mehr va e’tibor qaratiladi.
Shu ezgu amallarni bajarish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Ilmiy bo‘limida faoliyat yuritgan va yuritayotgan Xodjayev Saydakram Saydaliyevich va bugungi kunda nafaqada bo‘lgan Axmedova Svetlana Djuraevnalarning xonadoniga tashrif buyurishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati