Yuqori impakt faktor jurnallarga maqolalar tayyorlash tartiblari

2021-yil 7-may kuni xozirda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar hamda doktorantlar tomonidan yuqori impakt faktorli jurnallarda maqola chop qilish hamda maqollarni talab darajasida tayyorlash eng katta talablardan hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Fizika va kimyo” kafedrasida professor vazifasini bajaruvchi, spiker Jamoliddin Razzokov tomonidan “Yuqori impakt faktor jurnallarga maqolalar tayyorlash tartiblari” mavzusida maqola chop qilish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Seminar treningda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, institutning Buxoro va Qarshi filiallari professor-o‘qituvchilari shuningdek, yurtimizdagi bir qator oliy ta’lim muassasalarining yosh olimlari hamda doktorantlari uchun xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi (Scopus va WoS)dan samarali foydalanishlari, xalqaro talablar asosida nufuzli xorijiy ilmiy hamda yuqori impakt faktor jurnallarga maqolalar tayyorlash, topshirish hamda h-hirsh indeks ko‘rsatkichlariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan turkum mavzularda Online shaklda ma’ruza qilinib, ma’lumotlar taqdim qilindi.

Ushbu Online shakldagi seminar-treningda 200 ga yaqin professor-o‘qituvchilar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi. Semianr - trening qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa ishtirokchilar asosiy mavzu doirasida, yuqori impakt faktor jurnallarga maqolalar tayyorlash tartiblari hamda jurnallarga qo‘yiladigan asosiy talablarga va boshqa shu kabi savollarga to‘liq javoblar olishdi.

Ma’lumot tariqasida, seminar-trening bo‘yicha video ma’ruza Staff tiiame hamda institutning You tube dagi rasmiy kanallariga qo‘yish rejalashtirilgan. Shu bilan birga kelgusida ham bunday online seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, turkum mavzular va shiorlar ostida tashkil etib borilishini ma’lum qilamiz. Bunday semianrlarni tashkil etish va unga oid sizni qiziqtirgan savollar hamda takliflar mavjud bo‘lsa TIQXMMI Ilmiy bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.

 

TIQXMMI Ilmiy bo‘limi axboroti.

TIQXMMI matbuot xizmati