Har bir millat taqdirini uning bilimdon, tashabbuskor yoshlari belgilab beradi. Bu haqiqat tarixda ming bora isbotlangan. O‘zbekistonning ertangi kuni, kelajagi deb e’tirof etiluvchi yoshlarga bugun qanday talablar qo‘yilmoqda? Yoshlar ta’lim-tarbiya olishlari, hunar o‘rganishlari va o‘z salohiyatlarini, iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar va imtiyozlar etarli bo‘lyaptimi? Bundan 3 yil muqaddam, 2017 yilning 30 iyun kuni Respublika Kamolot Yoshlar ittifoqining 4 qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tashabbusi bilan Kamolot Yoshlar ittifoqi nomi o‘zgartirilib, maqomi oshirilib O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqiga aylantirilgan edi.
Tashkilotning 16 yillik faoliyati tanqidiy va tahliliy muhokama etilib, Yoshlar ittifoqiga yangi vazifa va mas’uliyatlar yuklatildi.O‘tgan davrga nazar solinsa, yutuqlardan ko‘ra,kamchiliklar ko‘proq ko‘zga tashlanadi! To‘g‘ri muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi, marralar zabt etildi! Ammo bu etarli emas! Yoshlarni boshini yanada jipslashtirish va bir maqsad yo‘lida birlashish lozimligi ayon bo‘lib bormoqda! O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti etakchisi xozirgi kunda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishgan. O‘z navbatida fakultetlarda ham yoshlar etakchisi saylangan. Bugun Er resurslarini boshqarish fakultetida fakultet etakchisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Fakultet etakchisi D.Jabborova 4 kurs bitiruvchi kurs talabasi bo‘lganligi sababli, o‘quv yili davomida fakultet talabalari bilan birgalikda jonbozlik ko‘rsatib ishlaganligi uchun fakultet dekani SH.Narbaev tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi va bundan keyingi uqish va ishlariga omad yor bo‘lishligi fakultet professor-o‘qituvchilar tomonida aytildi.
SHuningdek fakultet etakchiligiga yillar mobaynida D.Jabborova bilan yonma-yon faoliyat olib borgan iqtidorli tashabbuskor 2 kurs talabalasi D.Nadirovani lavozimga munosib deb topildi. Hamma talablar bir ovozda D.Nadirovani saylashdi.Fakultetida tasdiqlanib, o‘z rejalari, g‘oyalari to‘g‘risida kurs etakchilari va fakultet kengashi a’zolari bilan fikr- mulohazalar almashindi. YOshlar bilan ishlash zavqli, hayajonli va shu bilan birga murakkab va mas’uliyatli vazifadir. Ushbu sharafli vazifani bajarishga roziligi aytib o‘tdi.
ERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati