2019-yil 6-avgust kuni institutning Klaster auditoriyasida Water Solutions Innovation Lab Startap loyihalarni akseleratorlar tomonidan baholash final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida Amerikaning xalqaro rivojlanish fondi YUSAID tomonidan moliyalashtirilayotgan Markaziy Osiyo mintaqalararo ekologik markazining Water Solutions Innovation Lab.  “Suv, taʼlim va hamkorlik” (Smart Waters) loyihasi doirasida tashkil etilgan akselerator Startap loyihalarini namoyishi, yaʼni final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mazkur final bosqichida 10 ta jamoa oʻzlarining: 
1. ERG (Engineering Research Group)-yuqori samarali erkin oqimga ega gidravloik trubina yaratish loyihasi;
2. GidroGel-choʻllarni koʻkalamzorlashtirish va namtoʻplovchi gidrogel texnologiyasi;
3. Green Fitness – sport markazlarini quyosh panellari va foydalanuvchilarni oʻqitish orqali energiya ishlab chiqaradigan trenajyorlar bilan jihozlash texnologiyasi.
4. Impact.uz-yashil va ijtimoiy loyihalar uchun crowdfunding platformasi;
5. Makecraft.uz- maishiy chiqindilarni qayta ishlash platformasi;
6. Proteus- qoʻshimchali texnologiyalar asosida avtonom mini va mikro-gidroelektrostansiyalarni ishlab chiqarish (3D-bosma);
7. Mycelium- agrobiznes qoʻziqorinlarni uylar, ofislar va restoranlar uchun 2 ta aqilli toʻplam bilan oʻstirish; 
8. SmartGidro-Oʻzbekistonning chekka xududlari uchun energiya tejash, suv taʼminoti va tomchilatib sugʻorishning yaxlit tizimi;
 9. TheMET-GIS modellashtirish yordamida qishloq xoʻjaligini integratsiyalashgan metodologiyasini ishlab chiqish; 
10. VIOM-quruq mahsulot/tovarlarni qadoqlash uchun suvda eriydigan va biologik parchalanadigan plyonkalar ishlab chiqarish; 

Ishlanmalari  bilan qatnashib, hakamlar (ekspertlar) tomonidan 2 ta loyiha finalda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va Amsterdamda oʻtkaziladigan Climate Launchpad-2019 xalqaro “Yashil” biznes gʻoyalar konkursida qatnashish uchun yoʻllanmaga ega boʻldilar.
Institutimiz talabalaridan iborat gurux (GM fakulteti 3-bosqich talabasi Turdiyev Akbarali, Usmonova Mohibegim)-SmartGidro-Oʻzbekistonning chekka xududlari uchun energiya tejash, suv taʼminoti va tomchilatib sugʻorishning yaxlit tizimi loyihasi bilan ishtirok etdi va faxrli 3 oʻrinni egalladilar.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi M.Sarimsaqov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov