Respublikamizda adabiyot va san’at taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan taniqli adiblarning nomlari bilan bog‘langan qator uy muzeylari bor. Ular noan’anaviy tarzdagi ta’lim maskani, mo‘‘jaz tarix desak, xato bo‘lmaydi. Adibning hayotiy va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari va aforizmlari uning tafakkur olami hamda dunyoqarashi borasida teran ma’lumotlar berishiga shubha yo‘q.
Sergey Borodin uy-muzeyi ana shulardan biridir. Tarixiy mavzudagi romanlari bilan dong taratgan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sergey Borodin temuriylar davrining ham yirik bilimdoni sifatida dong qozongan. O‘sha davrning ijtimoiy muhiti haqida teran xulosalar chiqaza olgan. Uning qalamiga mansub “Samarqand osmonida yulduzlar” nomli tarixiy roman sohibqiron Amir Temurning nevarasi Mirzo Ulug‘bekning ilmi nujum bobidagi falakiyot ilmiga qo‘shgan hissasi va uning ayanchli taqdiri haqida qimmatli badiy tarzdagi ma’lumotlarni bergan.
“Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 1 kurs 10 - guruh talabalari kurs kuratori, iqtidorli murabbiy Maftuna Begimova rahbarligida xuddi shu muzeyga tashrif buyurib ko‘pgina manbalarga ega bo‘lishdi. Sergey Borodinning turmush o‘rtog‘i marhuma Ravza Borodina tomonidan to‘plangan va saqlab kelingan eksponatlar bilan talabalar tanisharkan, olam-olam taassurotlarga ega bo‘lishdi.
“Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 1-kurs 10 - guruh talabalari kurs kuratori Maftuna Begimova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati