Gidromelioratsiya fakulteti “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” taʼlim yo‘nalishi 307-guruh talabalari Аzizbek Hasanov, Jahongir Muxtorov hamda ularning guruh murabbiyi Sanobar Do‘stnazarovalar Jizzax viloyati Baxmal tumanida o‘zlari ko‘zlagan maqsadga erishgach yo‘nalishni Jizzax viloyatining Forish tumani tomon burdilar. Forish tumanida joylashgan 2, 3, 7-maktablarning bitiruvchi 10-11 sinf o‘quvchilari va ularning ustozlari bilan bo‘lgan uchrashuv ham avvalgilari singari ko‘tarinki ruhda, yangi maʼlumotlar va qizg‘in savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Maktab bitiruvchilari uchun kutilmagan va o‘z o‘rnida g‘oyat muhim bo‘lgan bu tashriflardan maktablardagi pedagog-ustozlarning ham minnatdorchiligi cheksiz. O‘quvchilar esa o‘z oldilariga aniq maqsadlarni qo‘yib, harakatni allaqachon boshlashdi. Tashriflar yakunida maktab direktori hamda ota-onalar Kengashining institut Rektori va professor-o‘qituvchilar jamoasiga atalgan maxsus “TАSHАKKURNOMА”si tashkilotchilarga topshirildi. “Innovatsiya” guruhi tomonidan anʼanaga aylantirilgan maktablarga tashriflar va qiziqarli ochiq darslar, uchrashuvlar davom etadi.
Gidromelioratsiya fakulьteti 307-guruh talabasi Аzizbek Hasanov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati