O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T.Narbayeva tomonidan 2018 yil dekabr oyida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018 yil 9 noyabr kuni respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar natijadorligini muhokama qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish va sohani izchil rivojlantirishga doir dolzarb vazifalarni belgilash bo‘yicha videoselektr majlisining bayoni (20687-xx, 13.11.2018y.) ijrosini ta’minlash maqsadida respublikada "Onalar va go‘daklar” o‘limi holatlarining oldini olish bo‘yicha institutda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi.
Ushbu mavzu yuzasidan joriy yilning 8-fevralida institutda "Onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish bo‘yicha" davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida malakali shifokor Z.Yuldasheva va K.Abdimuminovalar hamda SXBTE va GIM fakultetining talaba qizlari va o‘qituvchilari qatnashishdi.
Z.Yuldasheva ushbu mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Shundan so‘ng talaba qizlar va professor-o‘qituvchilar o‘zlarining savollariga to‘liq javob olishdi.
Institut xotin - qizlar qo‘mitasi raisi Z.Xafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov