Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik va ta’limiy mazmunda hamkorlik o‘zaro manfaatlar ustiga quriladi. Rossiyaning Milliy tadqiqotlar universitetining Iqtisodiyot Oliy Maktabi prorektori Prostakov Ivan Valeriyevich TIQXMMIga tashrif buyurishdi. MTU Iqtisodiyot Oliy Maktabi prorektori I.V. Prostakov TIQXMMI qoshida ochilgan Abdulla Oripov nomidagi muzeyi va madaniyat saroyiga tanishishdi.
Institutimiz rektori O‘.Umurzakov va prorektor A.Salohiddinov, Iqtisodiyot fakulteti dekani A.Rashidov va InterXaus akademik litsey direktori A.Tillayev ishtirokida videokonferensiya zalida MTU Iqtisodiyot Oliy Maktabi prorektori I.Prostakov bilan o‘zaro muloqot tashkil etildi. Uchrashuv oldidan institut hayoti aks etgan videorolik namoyish etildi. Uchrashuvda hamkorlikda professor-o‘qituvchi va talabalar akademik almashinuvi, ilmiy loyihalarni birgalikda bajarish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar o‘zaro muhokama qilindi.
Shuningdek, hamkorlikdagi ilmiy-izlanish ishlarini amalga oshirish va ilmiy ma’lumotlarni almashtirish, yozgi maktablar ikkala OTM talabalari ishtirok etishi kabi masalalar xususida fikr-mulohazalar almashishdi. Uchrashuv so‘nggida o‘zaro hamkorlikni yanada yuqori saviyaga olib chiqish maqsadida uch tomonlama memorandum imzolandi. Tadbir har uchala tomon uchun manfaatli tarzda kechdi.
TIQXMMI matbuot xizmati