Turizmning kuchi butun dunyo bo‘ylab o‘z rutbasiga ega. Uning rivojlanishi xalqlar orasidagi do‘stona munosabatlarning va mamlakatlar o‘rtasidagi adabiy - madaniy aloqalarning keng rivoj topishiga xizmat qiladi.
Joriy yilning 5 oktyabrь kuni “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi 209 – gurux talabalari hamda guruh murabbiysi Mirxosilova Zulfiya “O’zekspo” markazida tashkil etilgan O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan ko‘rgazmada bo‘lishdi.
Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad har bir viloyatning urf-odatlari, e’tiborga molik obidalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish hamda talaba yoshlarning milliy g‘ururini kuchaytirishdan iborat edi. Ko‘rgazma taassurotlarga boy bo‘ldi. Talabalar bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish qatorida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
"Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi o‘qituvchisi Zulfiya Mirxosilova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov