“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, talabalarni o‘qishga qabul qilish, ulami o‘qishini ko‘chirish jarayonlarida faol ishtirok etayotgan xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshkulov tomonidan TIQXMMI Buxoro filiali o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari K. Qurbonov Faxriy yorliq va bir oylik lavozim maoshi miqdorida moddiy rag‘batlantirilishi bilan taqdirlandi. Xuddi shu taqdirlash davomida yana bir xushxabar va unvon. Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri S. Boltayevga Dotsent diplomi topshirildi.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati