O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g’oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” boshlandi. Jumladan, TIQXMMI Buxoro filiali tomonidan ham ushbu ijtimoiy loyiha doirasida xayrli ishlar tashkil etilmoqda.
Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtaligini taʼminlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning koʼp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga oid islohotlar izchil davom etmoqda. Bu esa har bir insonning o’z qadriyatiga bo’lgan e’tiborini oshirish barobarida mehr-oqibat tushunchalarini yuksaltirishda ko’mak bo’ladi. TIQXMMI Buxoro filialida yillar davomida faoliyat olib borgan va mahallaning ana shunday qadri baland insonlarning bir piyola choy ustidagi suhbati ham qadriyatlar bardavomligini ko’rsatdi, shuningdek, barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Bu kabi ijtimoiy-ma’rifiy loyihalar yoshi ulug’ insonlar mamlakatimizda doimo e’tibor va e’zozda ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati