Ilm-fan yutuqlari taraqqiyot omili

Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, institutimizda ham bu borada samarali ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda muzeylar yosh avlodni tariximiz, moddiy va madaniy merosimizning naqadar chuqur ildizga egaligini singdirgan holda, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari bilan tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti Adham Mamataliev rahbaligida Gidromelioratsiya fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 3-kurs 302-guruh talabalari Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi.

Bu muzey transport rivojlanishi tarixi, fan va texnika yutuqlari va  buyuk olimlarning ixtirolariga bag‘ishlangan bo‘lib, bularning barchasi tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdishi tabiiy. Bu tashrif orqali talabalarimiz jahon va O‘zbekiston avtomobilsozlik tarixi va yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa talabalarimizda g‘urur va iftihor tuyg‘ularini jo‘sh urdirgan bo‘lsa ajabmas.

Dotsent Adham Mamataliev axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov