Ochiq darsda innovatsion yondashuv “Differensial tenglamalar asosida jarayonlarni matematik modellashtirish”

“Oliy matematika” kafedrasi mudiri prof.B.A.Xudayarov YeRB fakulteti GKK ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Oliy matematika” fanining differensial tenglamalar qismi bo‘yicha ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza jarayonini innovatsion yondashuv asosida olib borildi. Ma’ruzada tabiatda ro‘y berayotgan jarayonlar va muhandislik masalalarini differensial tenglamalar bilan yechish usullari ko‘rsatildi. Jumladan, kuchli yomg‘ir natijasida sel kelishi oqibatida tog‘ daryo suvlarining, yoki suv omborlaridagi mavjud suv suv hajmining qisqa muddatda bir necha marta ortishi, shuningdek, quvurlardagi bir yoki ikki fazali suyuqliklarning ta’sirida yer osti va yer usti quvurlari tebranishi jarayonlarining matematik modeli qurildi. Jarayonlarni matematik modelashtirish differensial tenglamalar asosida amalga oshirildi. “Delphi” kompyuter dasturi asosida qaralayotgan masalalarning yechimi grafik holda ko‘rsatildi. Ochiq dars jarayonida mavzuni amaliy masalalar yordamida tushuntirilishi va kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan hamda O‘zR Intellektual mulk agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kompyuter dasturlarida yordamida grafik (sonli) yechimlarining ko‘rsatilishi talabalarning mavzuni to‘liq o‘zlashtirishiga asos bo‘ldi. Kafedraning navbatdan tashqari yig‘ilishida B.A.Xudayarov tomonidan o‘tkazilgan ochiq ma’ruza jarayonida qo‘llanilgan o‘qitishning faol usullari va ular tomonidan yaratilgan kompyuter dasturlaridan barcha ta’lim yo‘nalishlarida ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi.

“Oliy matematika” kafedrasi assistenti F.J.Turaev axboroti