Butun dunyoda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlanishi zamirida olam olam ma’no mujassam. Ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan esa dunyoni tebratishga qodir bo‘lgan muhtarama zot hisoblanadi. Shu bois, istiqlol yillarida yurtimizda xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rinlari yildan-yilga faollashib bormoqda. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetida institut rektorining bayram tabrigi fakultet talaba-qizlariga hamda ayol professor-o‘qituvchilarga o‘qib eshittirildi. Fakultet dekani B.Norov hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A.Saloxiddinov fakultetimiz jamoasi ayollarini bayramlari bilan qutlar ekan, ularga sog‘lik-salomatlik tilab va o‘z mehnati va fidoiyligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xotin-qizlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati