Mazkur mukofotning asosiy maqsadi YUNESKO tashkilotiga a’zo davlatlarda alohida shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlar tomonidan inson xayotining yaxshilanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy tadqiqot loyoihalari va faoliyatini mukofotlashdan iborat. YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 350 000 AQSh dollariga teng bo‘lib, tanlovda muvafaqqiyatli qatnashgan uch nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi havola https://en.unesco.org/news/call-application-unesco-equatorial-guinea-international-prize-research-life-sciences orqali onlayn tarzda joriy yilning 15 may kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi xujjatlar taqdim etiladi.
- ariza varaqasi;
- nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha axborot (1000 ta so‘zdan oshmagan);
- nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot;
- nomzodning muhim o‘nta ilmiy nashrning ro‘yxati.