2021-yil 9-aprel kuni TIQXMMI ma'ruzalar zalida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “Amir Temur-faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Xakimov, “Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat” bo‘limi boshlig‘i Z.Xaydarov hamda “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi L.Baxtiyorovlar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar uchun “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi L.Baxtiyorov O‘zbek davlatchiligi tarixida juda katta o‘rin tutgan, sarkarda, hukmdor, ilm-ma'rifat, san'at va madaniyat homiysi Amir Temur shaxsi va faoliyati shuningdek, dunyo tarixi va sivilizasiyasida muhim o‘rin tutganligi to‘g‘risida talabalar uchun ma'ruza qildi. Amir Temur shaxsi va uning faoliyati bugungi yosh avlod ma'naviyatida va tarbiyasida vatanparvarlik, sadoqat va kelajakka katta ishonch bilan qadam bosishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'ruza qizg‘in savol-javoblar ostida o‘tdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma'lumoti
TIQXMMI matbuot xizmati