Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, bu aziz ne’matni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, jamiyatda insonparvarlik, ahillik, o‘zaro totuvlik va hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash masalasiga ustuvor vazifa sifatida ahamiyat qaratib kelinmoqda. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1999 yildan buyon mamlakatimizda 9 may –“Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanayotgani g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan ota-bobolarimizni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, urushda tinchlik uchun jon fido etgan hamyurtlarimiz xotirasini muqaddas bilishda alohida ahamiyat kasbetmoqda. Qutlug‘ ayyom arafasida Gidromeliorativ ishlarni mexinazatsiyalash fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi tashabbusi bilan bir guruh faol talabalar Xotira maydonida bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi davrida osuda hayot, musaffo osmon uchun jon fido etgan bobolarimizning aziz xotirasiga yana bir karra hurmat keltirishdi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov