Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida doimiy ravishda 1-juftlik darslari O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanib kelinmoqda. Har haftaning juma kuni talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish maqsadida davlat madhiyasi birgalikda jo‘r bo‘lib ijro etilmoqda. Joriy yilning 7- may kuni ham ushbu an’anani davom ettirgan holda soat 8 00 da filial hovlisida talabalar tomonidan davlat madhiyasi birgalikda jo‘r bo‘lib ijro etildi.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faol talaba-yoshlari tomonidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali hududida Sharaf tasmalari tarqatildi. “Xotira bor ekan, millat barhayot” shiori ostidagi ushbu ezgu tashabbusda yo‘l-yo‘lakay uchragan talabalarning ko‘ksilariga sharaf tasmalari taqib qo‘yildi.
Aksiyada filialimiz direktori, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Muntazam tashkil etilayotgan ushbu tadbirda filialimiz direktori Z.Muqimov, direktor o‘rinbosarlari D.Quvvatov, H.Ravshanov, barcha bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Filial matbuot kotibi Farrux Najimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati