Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har birimizda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish hamda talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida joriy yilning 9 iyun kuni TIQXMMI Qarshi filiali professor-o’qituvchilari hamda QXM ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari o’rtasida “Biz sog’lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida sportning mini futbol turi bo’yicha “futbol kuni” o‘tkazildi.
Dastlab, o’yin qizg’in ehtiroslarga boy tarzda boshlandi. Hisobni birinchi bo’lib talabalar jamoasi ochgan bo’lsa, oradan besh daqiqa o’tmay professor-o’qituvchilardan tashkil topgan jamoa yarim himoyachisi J.Shonazarov uzatgan uzatmani, jamoa hujumchisi B.Mehrochev qabul qilib, golga aylantirdi. Ushbu o’yinda talabalar ham o‘z mahoratlarini ko’rsatishdi. Qizg‘in kechgan futbol o’yinida har ikkala jamoaning ham qo’li baland keldi hamda o’yin yakunida hisob durang bilan tugadi.
Filial professor-o’qituvchilari va talabalari sportga jalb qilish ishlari muntazam ravishda amalga oshirilishini hamda qolgan barcha talabalarni ham sport o’yinlariga qamrab olishga kelishib olishdi. "Matematika va tabiiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi Ilhom G'aniyev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati