Har ikkalasi uyg'un bo'lgandagina ta'lim tizgini va tizimi o'z o'rnida bo'lishi aniq. "O'zbekiston" telekanali orqali efirga uzatilgan "Yo'lchiroq" ko'rsatuvida ishtirok etgan institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov institutimizning talabalari bilan ta'lim va tarbiyaning har bir inson hayotidagi o'rni borasida boshlovchi bilan qizg'in suhbat olib bordi.
Har bir inson hayotida qizil, sariq, yashil chiroqlar bo'lishi tayin. Qizilini sabr bilan, sarig'ini ogohlik va tayyorgarlik bilan, yashilini maqsadli harakat bilan amalga oshirish aql-idrokni, fahm-farosatni talab etadi.
Majburiyat va mas'uliyat o'z ishini sidqidil bajarish bilan bog'liqligini talabalar turar joyida istiqomat qiladigan studentlar his etish asnosida ko'rsatuvda o'z mulohazalarini bildirib o'tdilar.
"Gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti