Yoshlar Kengashi a'zolari tanishtiriladi

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 20 avgustdagi 87-01-600 sonli hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi 2018 yil 26 avgustdagi 04-13/4415 sonli xatining 1 — ilovasi birinchi xatboshi saylov o'tkazish tartibi uchinchi bosqichi ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent Shahar Kengashi quyidagi qarorni qabul qilgan!

Yoshlar yetakchilari faoliyati o'rganilib saylov o'tkazilmaydigan oliy ta'lim muassasalari ro'yxati tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlandi (2018 yil 19 sentyabr 02-06/1143 sonli xat).

Institut talabalari va proffessor-o'qituvchilariga ma'lumot uchun ilova qilamiz! O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti boshlang'ich tashkiloti yoshlar yetakchisi, 2017 yil 23 sentyabrdan institut rektorining yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Akmal Berdimurodov o'z vazifasida qolib O'zbekiston yoshlar ittifoqi, institut rahbariyati hamda ustavda belgilangan tartibda topshiriqlarni bajarishi belgilab qo'yildi. Institut BT Yoshlar Kengashi yangidan tuzilgan holda yoshlar yetakchisi tomonidan e'lon qilinadi.

 

Hozirda fakultet yoshlar yetakchilari ishtirokida o'quv-seminar olib borilmoqda!

Bizni kuzatib boring, tez orada Yoshlar Kengashi a'zolari institut rahbariyatiga tanishtiriladi.

 

  

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov